"ATANGAR GUZAR" MAHALLASIDA YANGI ELEKTR TARMOGʻI QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
"Atangar guzar" mahallasida istiqomat qiluvchi iste’molchilar Yangi Namangan tumanida joylashgan 35/10 kVli "O‘rikzor" nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Qizil ko‘prik" elektr uzatish tarmog‘i orqali ta’minotga egadir.
Mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini 2022 yil rekonstruksiya dasturiga kiritilgan bo‘lib, qo‘shimcha quvvati 250 kVA bo‘lgan yangi transformator o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda ushbu hududda yangi 2,1 km masofaga SIP kabellarini tortish uchun 64 dona temir-beton tayanchlar maxsus texnikalar yordamida montaj qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Ushbu reja to‘liq yakuniga yetgandan so‘ng hududdagi aholi honadonlarini, 150 dan ortiq elektr ta’minotidagi muammolari to‘liq bartaraf etiladi.
"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.