SА'Y-HАRАKАTLАRIMIZ MАZMUN-MOHIYATI XАLQ MАNFААTLАRIGА QАRАTILGАN
Maʼlumki aholi xonadonlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obʼektlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berishda nimstantsiyalarning oʼrni ahamiyatlidir. Soha mutahassislari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar asosida ayni paytda Navoiy viloyatida ishlar jadal olib borilmoqda.
Jumladan, Navbahor tumanidagi 110/35/10 kVli “Yangiqoʼrgʼon” nimstantsiyasidagi T-1 quvvati 16 000 kVА boʼlgan kuch transformatori oʼrniga yangi zamonaviy 25 000 kVАli kuch transformatoriga almashtirildi. Nimstantsiyadan demontaj qilib olingan quvvati 16 000 kVА boʼlgan kuch transformatorini Nurota tumanidagi 110/35/10 kVli “Oʼzbekiston” nimstantsiyasidagi T-1 dagi quvvati 10 000 kVАli kuch transformator oʼrniga almashtirildi. 10 000 kVАli kuch transformatorini esa 110/35/10 kVli Nurota nimstantsiyasida yuklanish bilan ishlayotgan 1 ta kuch transformatoriga qoʼshimcha T-2 sifatida yangidan oʼrnatilib, toʼliq ishga tushdi.
Natijada esa Nurota tumanida zahira quvvat yaratilib, 13 mingdan ortiq aholi xonadonlari va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obʼektlarining elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilandi.
"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.