ALOQA UCHUN

JIZZAXDA SEL OQIBATLARI BARTARAF ETILMOQDA

JIZZAXDA SEL OQIBATLARI BARTARAF ETILMOQDA

Xabaringiz bor, joriy yil 4 may kuni respublikamizning ayrim viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel va toshqinlar yuzaga keldi.

Jumladan, Jizzax viloyati, Zomin tumaninng Navoiy QFY hududidagi Bosh pshag‘or qishlog‘i, Pshag‘or MFY hududidagi Pshag‘or qishlog‘ining Qoraqo‘yli ko‘chasi, Beshkubi  QFYning Beshkubi qishlog‘i hamda Achchi qishloqlari sel toshqini oqibatida turli darajada talofat ko‘rgan. Buning natijasida elektr energiyasi ta’minotida ham uzilishlar yuzaga kelgan.

Zomin hamda Zarbdor tuman elektr ta’minoti korxonalarining 40 nafarga yaqin ishchi-xodimlari tomonidan ayni paytda talofatni bartaraf etish yuzasidan tezkor ishlar amalga oshirilmoqda. 8 ta transport vositasi talofatlarni bartaraf etish uchun safarbar qilindi. 0,4 va 10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarida egilgan yog‘och ustunlar, uzilgan simlar va yiqilgan temir-beton tayanch ustunlari tiklanmoqda. Hozirda talofatni bartaraf etish uchun 25 dona temir-beton tayanch ustunlari olib kelindi.

35/10 kVli «Pshag‘or» podstansiyadan chiquvchi 10 kVli «Pshag‘or» elektr uzatish havo tarmog‘ida sel oqibatida yiqilgan 4 dona temir-beton tayanch ustunlarining o‘rniga yangi temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, AS-35 simi tortildi va tarmoqqa kuchlanish berildi.


Shuningdek, mazkur podstansiyadan chiquvchi 10 kVli «Qo‘shtol» elektr uzatish havo tarmog‘idan oziqlanuvchi 160 kVAli 406-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog‘ining 2 ta qulagan yog‘och ustuni joyiga o‘rnatilib, uzilgan simlari ulandi va aholi elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Bundan tashqari 10 kVli «Achchi» elektr uzatish havo tarmog‘idagi kamchiliklar ham bartaraf etildi.

Talofatni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

«Jizzax HETK» AJ matbuot xizmati.

  • 06.05.2022
  • 1078
Sayt xaritasi