“QO’QON” NIMSTANSIYASIDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA
Ayni paytda “Farg’ona HETK” AJ ishchi-xodimlari tomonidan Qo’qon shahrida joylashgan 110/35/6 kVli "Qo’qon" nimstansiyasida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Avval xabar berilganidek, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan ishlab chiqilgan manzilli dastur asosida respublikamiz hududlaridagi barcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar va podstansiyalarni joriy va mukammal ta’mirlash, yangilash ishlari belgilangan edi.
Bu borada dastlabki amaliy ishlar viloyatimizdagi qator nimstansiyalarda boshlab yuborildi.
Jumladan, 35-110 kVli podstansiyalar holatini o‘rganish, ularda texnik hujjatlarni olib borilishi, nimstansiyasilarda ASKUE tizimini joriy etilganligi va hisob-kitoblarni to‘g‘riligi, nimstansiyani raqamlashtirish jarayonlari, podstansiyaga xizmatidagi xodimlarni ishlarni tashkil qilinishi, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini olib borilishi, podstansiyalar hududi va atrofida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari, elektr uskuna va binolarni estetik holatini o‘rganish ishlarining hozirgi holati “Hududiy elektr tarmoqlari" AJning ishchi guruhi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
“Farg’ona HETK” AJ matbuot xizmati.