BUXORODA ROSSIYALIK MUTAXASSISLAR BILAN HAMKORLIKDA ZAMONAVIY ELEKTR QURILMALARI O’RNATILMOQDA
So’ngi yillarda barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasida qator islohotlar va yangilanishlar tatbiq qilinmoqda. Ma'nan eskirgan qurilmalar o’rnida bugungi zamon talabiga javob beruvchi, eng so‘nggi rusumdagi texnik-uskunalar o’rnatilmoqda.
Ana shunday yangilanishlardan yana biriga “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan qo’l urildi. Jamiyat hisobida bo’lgan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda VGT tipidagi, zamonaviy 110 kV kuchlanishga moslashgan elegazli o’chirgichlarni o’rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu qurilmalarni masofadan turib o’chirishning imkoni bo’lganligi sababli kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali holatlarni barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.
Hozirda qurilmani montaj qilish ishlari rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda olib borilmoqda.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.