ALOQA UCHUN

PASTDARGʻOMDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

PASTDARGʻOMDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari uchun Pastdarg‘om tumanidagi “Juma” podstansiyasida seminar tashkil etildi.

Xabaringiz bo‘lsa, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan tegishli manzilli dastur asosida respublika miqyosidagi 35/110 kV kuchlanishli podstansiyalarning umumiy holatini o‘rganish, xususan ularning texnik hujjatlarini tartibga solish, ASKUE tizimi joriy etilganligi, raqamlashtirish jarayonlari, xizmat xodimlarining ishini tashkil qilish, elektr uskuna va binolarini ta’mirlash, atrof-hududini obodonlashtirish hamda boshqa amaliy ishlarni hal etish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan edi.

Mazkur tashabbus doirasida “Samarqand HETK” AJ tomonidan “Juma” podstansiyasida  olib borilgan amaliy ishlar natijasida podstansiya namunaviy holatga keltirildi.

Kuni kecha o‘tkazilgan seminar ham mazkur podstansiyada olib borilgan ta’mirlash ishlariga bag‘ishlandi.

Unda so‘z olganlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan ushbu podstansiyada bajarilgan ishlar xususida so‘z yuritishdi.

Shuningdek, soha mutaxassislari elektr qurilmalarida nosozlik kuzatilmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan ham ma’lumotlar berishdi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda “Juma” podstansiyasidagi 8 ta fider hamda 161,9 kilometr elektr uzatish tarmoqlari, 303 ta transformator punkti orqali 33 ta mahalladagi 19450 ta aholi va 1164 ta ulgurji iste’molchilarga elektr energiyasi ta’minoti yetkazib berilmoqda.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

 

  • 03.05.2022
  • 1149
Sayt xaritasi