ALOQA UCHUN

SPORT – MUSTAHKAM OILAMIZ POYDEVORI!

SPORT – MUSTAHKAM OILAMIZ POYDEVORI!

Joriy yilning 28-29 aprel kunlari Qibray tumanida joylashgan “Energetiklar” sihatgohida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda О‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi hamkorligida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” shiori ostida о‘tkazilgan musobaqalarning Respublika bosqichi bо‘lib о‘tdi.

Musobaqada viloyat bosqichlaridan muvaffaqiyatli о‘tgan tarkibiy korxonalarning yosh xodimlari oilalari va farzandlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida sо‘zga chiqqanlar bu kabi sport musobaqalari yoshlar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali salomatligini tiklashga kо‘maklashish, sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, yosh xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilishga xizmat qilishini ta’kidlab о‘tdilar.

Jami 36 nafar xodim ishtirok etgan mazkur sport musobaqasini xolisona va tartib-qoidalarga rioya qilgan holda о‘tkazish uchun malakali hakamlar jalb etildi. Bellashuvlar beshta yо‘nalish – darvozani tо‘g‘ri nishonga olish, sakramachoq о‘yini, quvnoq estafetalar, arqon tortish hamda darts bо‘yicha о‘tkazilib, juda qiziqarli va qizg‘in tarzda kechdi.

Musobaqa yakuniga kо‘ra, “Farg‘ona HETK” AJda faoliyat yuritayotgan D. Xudoyberdiyevlar oilasi birinchi о‘rin, “Sirdaryo HETK” AJdan  A. Namozovlar oilasi ikkinchi о‘rin va “Surxondaryo HETK” AJdan T. Donayevlar oilasi uchinchi о‘rin sohibiga aylanishdi.

Bundan tashqari “Eng faol oila” nominatsiyasida “Jizzax HETK” AJdan SH.Toshevlar oilasi, “Eng chaqqon oila” nominatsiyasida “Qashqadaryo HETK” AJdan SH. Shamsiddinovlar oilasi, “Eng ahil oila” nominatsiyasida “Toshkent shahar ETK” AJdan M. Pilipenko oilasi, “G‘alabaga bо‘lgan intilishi yuksak oila” nominatsiyasida esa “Andijon HETK” AJdan A. Raximovlar oilasi g‘olib bо‘lishdi.

G‘oliblar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 29.04.2022
  • 759
Sayt xaritasi