ALOQA UCHUN

PAXTAOBOD TUMANIDA QURILISH VA TO’LA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILDI

PAXTAOBOD TUMANIDA QURILISH VA TO’LA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILDI

“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonasi hodimlari tomonidan joylarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

Paxtaobod tumanida Prezidentimizning manzilli dasturlariga asosan aholi honadonlariga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida qurilish ishlari davom etmoqda.

Xususan, tumandagi “Lolazor” MFY hududiga 25 dona temir-beton tayanchlar o’rnatilmoqda. 

Shuningdek, “Yolg’izbog’” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 62-sonli tarnsformator punktida to’la ta’mirlash ishlari olib borildi.

"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.

  • 29.04.2022
  • 1417
Sayt xaritasi