«OBINAZIR»DA ELEKTR TAʼMINOTI YAXSHILANMOQDA
Bugungi kunda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 martdagi «2022-2026 yillarda «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda elektr tarmoqlarini taʼmirlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Jumladan, dastur asosida, Shayxontoxur tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanning «Obinazir» mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-692-sonli transformator punktini hamda elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarini mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
Bundan tashqari, mukammal ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarini estetik holatini yaxshilash, bo’yoqlash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.
Poytaxtimizning barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.