ALOQA UCHUN

“JUMA” PODSTANSIYASI NAMUNALI HOLATGA KELTIRILMOQDA

“JUMA” PODSTANSIYASI NAMUNALI HOLATGA KELTIRILMOQDA

Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bilan birgalikda, ularda joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan manzilli dastur asosida Samarqand viloyatida ham 110/35/10 kV podstansiyalarda texnik hujjatlarni olib borilishi, ularda ASKUE tizimini joriy etilganligi va hisob-kitoblarni to‘g‘riligi, raqamlashtirish jarayonlari, podstansiya xizmatidagi xodimlarni ishlari tashkil qilinishi, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini olib borilishi, hududda obodonlashtirish tadbirlari, elektr uskuna va binolarni estetik holatini o‘rganish hamda amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Hozirga kelib “Juma” podstansiyasini na’munaviy holatga keltirish maqsadida podstansiyaning qurilmalari joriy ta’mirlanib, metallokonstruksiyalari ichki qismi va podstansiyaning sim to‘siqlarida hamda hududda joylashgan 110 kV havo liniyasidagi metall anker tayanchlarida bo‘yash ishlari to‘liq bajarildi.

Shuningdek, podstansiya atrofida obodonlashtirish ishlari ham olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlar natijasida “Juma” podstansiyasi namunali holatga keltiriladi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 28.04.2022
  • 878
Sayt xaritasi