ALOQA UCHUN

"NURAFSHON" MAHALLALASIDA 4 KM ORTIQ MASOFAGA YANGI ELEKTR TARMOQLARI TORTILMOQDA

"NURAFSHON" MAHALLALASIDA 4 KM ORTIQ MASOFAGA YANGI ELEKTR TARMOQLARI TORTILMOQDA

“Sirdaryo HETK” AJ tasarrufidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni hal etish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, "Obod mahalla" davlat dasturi doirasida Guliston shahri hududidagi  "Nurafshon" mahallasida loyiha asosida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 4 km dan ortiq havo tarmog'i, 100 dan ortiq temir-beton ustunlar va 2 dona quvvati 160 kVA bo’lgan yangi transformator punkti o’ranatilmoqda.

Ta’kidlash joizki, hozirdp Boyovut tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ushbu elektr uskunalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Bu boradagi ishlar yakunida 400 ga yaqin aholi  xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 28.04.2022
  • 1156
Sayt xaritasi