«YANGIOLMACHI»DA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
«Toshkent shahar ЕТК» AJ tasarrufidagi Mirzo Ulug'bek tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanning «Yangiolmachi» mahallasining Olmachi kochasi hududidagi elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Ayni vaqtda, mahalla hududiga 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari bajarilmoqda. Buning natijasida, 400 dan ortiq aholi xonadoni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.
Mirzo Ulugʻbek tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan tumanda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 martdagi «2022-2026 йилларда «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda elektr tarmoqlarini taʼmirlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.
«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati.