ALOQA UCHUN

«EGIZBULOQ» MFY HUDUDIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

«EGIZBULOQ» MFY HUDUDIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Joriy yilning 20 aprel kuni respublikamizning ayrim hududlarida, xususan Jizzax viloyatida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel va toshqinlar yuzaga kelib, ushbu talofatlarni bartaraf etish ishlarida Sh.Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Ishchi-xodimlar tomonidan 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari uchun SIP elementlari o‘rnatilib, zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.


 AS-35 sim, zamonaviy SIP kabellari va elementlar zahirasi yetarli darajada ta’minlangan.

Sh.Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi Sunnat Saidov boshchiligida brigada a’zolari bilan ta’mirlash-tiklash ishlarini hamkorlikda bajarishmoqda. Talofatni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

«Jizzax HETK» AJ matbuot xizmati.

  • 27.04.2022
  • 844
Sayt xaritasi