ALOQA UCHUN

MIRZAOBOD TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

 MIRZAOBOD TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

Aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida, “Sirdaryo HETK” AJ tomonidan joylarda amaliy ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, Mirzaobod tuman elektr taminoti korxonasi hodimlari tomonidan tumandagi "Oydin" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" Davlat dasturi loyiha asosida ishlar yо‘lga qо‘yilgan.

Hozirda “Oydin” mahallasida 52 dona temir-beton tayanchlari о‘rnatilmoqda. 160  kVA quvvatga ega bо‘lgan 1 dona transformator punkti о‘rnatish, 400 metr masofaga 10 kVli havo tarmogi va 1 km 300 metr masofaga zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari reja qilib olingan.

Loyiha yakuni bilan ushbu hududdagi iste’molchilarning elektr energiyasi sifati yaxshilanadi.

“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 26.04.2022
  • 1917
Sayt xaritasi