NAMANGANLIK JURNALISTLAR UCHUN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
Kuni kecha mahalliy jurnalist va blogerlar uchun “Namangan HETK” AJ tomonidan tashkil etilgan press-tur “Olmazor” nimstansiyada amalga oshirilgan ta’mirlash ishlariga bag‘ishlandi.
Xabaringiz bor, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan joriy yilda tegishli manzilli dastur asosida respublika miqyosidagi 35/110 kV kuchlanishli nimstansiyalarning umumiy holatini о‘rganish, xususan ularning texnik hujjatlarini tartibga solish, nimstansiyalarda ASKUE tizimi joriy etilganligi holatini о‘rganish, raqamlashtirish jarayonlari, nimstansiya xizmatidagi xodimlar ishini tashkil qilish, elektr uskuna va binolarini mukammal hamda joriy ta’mirlash, atrof-hududini obodonlashtirish hamda boshqa amaliy ishlarni hal etish bо‘yicha ishchi guruh tashkil qilingan edi.
“Namangan HETK” AJ tomonidan belgilangan ishlarni bajarish yuzasidan tezkor harakatlar olib borilib, 15 kun davom etgan ish jarayonlari davomida “Olmazor” nimstansiyasi yangicha kо‘rinish kasb etdi.
Kuni kecha mahalliy jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan press-tur mazkur nimstansiyada amalga oshirilgan ta’mirlash ishlariga bag‘ishlandi.
Ma’lumki, 110/35/6 kVli “Olmazor” nimstansiyasi 1986 yilda ishga tushirilgan. Hozirda nimstansiyadan chiquvchi 3 ta 35 kVli “Tо‘raqо‘rg‘on-1”, “Mashrab”, “Fazo” 49,9 km elektr uzatish havo tarmoqlardan 9 ta 35 kilovoltli “Tо‘raqо‘rg‘on”, “Istiqlol”, “Shirinlik”, “Oliygoh”, “Davlatobod”, “Nodir metal” (Ab), “G‘arbiy”, “Tо‘raqо‘rg‘on-2” nimstansiyalarga elektr energiyasi yetkazib berilishi hamda yuqoridagi nimstansiyalar orqali jamiyat balansidagi 248 ta transformator punkti, 143 ta iste’molchilarga qarashli transformator orqali 22 367 ta aholi va 552 ta ulgurji iste’molchilar elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
Press-tur davomida Texnik direktor Adhamjon Qoraboyev tomonidan nimstansiyadagi elektr qurilmalarning soz holatda ishlashi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan ma’lumotlar berilib, jurnalistlar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
“Namangan HETK” AJ matbuot xizmati.