“BESH PAXLAVON” HAMDA “DARYO BO’YI” MAHALLALARINING ELEKTR TARMOQLARI YANGILANDI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining manzilli dasturlari ijrosini amalga oshirish maqsadida Andijon tumanining “Beshpaxlavon” mahalla fuqarolar yig’ini hududida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu mahallaga jami 42 dona temir-beton tayanch o’rnatilib 1,4 km uzunlikdagi tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Daryo bo’yi mahallasiga esa 22 dona temir-beton tayanch o’rnatildi va 1 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan ushbu hududda yashovchi xonadonlarni yangi elektr uzatish tarmoqlariga ulash ishlari bajarilmoqda.
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.