ALOQA UCHUN

AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish orqali hududlarda aholi farovonligi va turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsad qilingan. Аyni kunlarda "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan viloyat boʼylab bu borada qator amaliy ishlar davom etmoqda. 

Xususan, Hazorasp tumanining eng chekka hududlaridan biri bo’lgan “Qirtepa” mahallasida ham dastur doirasida 135 ta yangi temir-beton tayanch ustunlari o’rnatilib, 5,4 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari rekonstruktsiya qilingan boʼlsa, 7,5 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari yangidan tortildi.

Mahalladagi 160kVА quvvat bilan ishlayotgan transformator ta’mirlanib, yuklamani kamaytirish maqsadida yangi 250 kVА quvvatga ega transformator ham oʼrnatildi. Bu esa mahalladagi xonadonlarning elektr energiyasi sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

"Xorazm hududiy elektr tarmoqlari" АJ tomonidan mahalla ahlini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi ishlari davom etmoqda.

"Xorazm HETК" AJ мatbuot xizmati.

  • 22.04.2022
  • 894
Sayt xaritasi