ALOQA UCHUN

SEL OQIBATLARI BARTARAF ETILMOQDA

SEL OQIBATLARI BARTARAF ETILMOQDA

Joriy yilning 20 aprel kuni respublikamizning ayrim viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel va toshqinlar yuzaga keldi. Jumladan, Jizzax viloyati, Forish tumanining «Egizbuloq» MFY hududi sel toshqini oqibatida turli darajada talofat ko‘rgan. Buning natijasida elektr energiyasi ta’minotida ham talofatlar yuzaga kelgan. 

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va Forish tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi guruhi tomonidan talofatni bartaraf etish yuzasidan tezkor ishlar amalga oshirildi.

Sel olib ketgan tayanchlarni o‘rniga 18-dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, 3200 metr SIP kabeli tortildi. 14-dona sim yog‘ochlar to‘g‘rilanib, 500 metr elektr uzatish havo tarmoqlari tiklandi. 4-dona transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Talofatni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etkazilmoqda.

«Jizzax HETK» AJ matbuot xizmati.

  • 22.04.2022
  • 920
Sayt xaritasi