ALOQA UCHUN

OBOD MANZILLAR "SADDA TAGI" MAHALLASIDA

OBOD MANZILLAR "SADDA TAGI" MAHALLASIDA

Qishloqlarda tegishli infratuzilma bo'lsagina hayot sifati o'zgaradi, tadbirkorlik rivojlanadi. Shu sababli bu yil “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari yangi yondashuvlar asosida shakllantirildi. Bajarilishi lozim bo'lgan ishlar aholi talabidan kelib chiqib belgilab olindi.

Аndijon tumani “Sadda tagi” MFY hududida ham Prezidentimizning 2022 yil 18-martdagi 2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 172-sonli qarori asosida keng koʼlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Xususan, mahalla hududida 6,3 km uzunlikdagi 10-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari 2-dona quvvati 100 kVАdan boʼlgan transformator punktlari oʼrnatish va ishga tushurish ishlari rejalashtirilgan boʼlib, hozirgi kunga qadar "Sadda tagi" MFYga jami 86 dona beton tayanchlar va 2,2 km uzunlikdagi SIP kabellar, 0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurib bitkazildi.

Endilikda tarmoq qurish va transformator punktlari oʼrnatish ishlari jadal sur’atlarida davom etmoqda. Ushbu ishlarni belgilangan vaqt davomida topshirish boʼyicha “Аndijon HETK” АJ tomonidan barcha zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va aholi xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida rekonstruktsiya va modernizatsiya ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchilik salohiyati ko'zgusi bo'lgan bunday xayrli ishlar tufayli mahalla va qishloqlarimiz kundan-kun chiroy ochib, obod bo'ladi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 20.04.2022
  • 1056
Sayt xaritasi