ALOQA UCHUN

"JIGARISTON" MFYDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

"JIGARISTON"  MFYDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

Xabaringiz bor,  Toshkent viloyatining barcha tumanlarida elektr energiyasi tizimini tubdan isloh qilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari izchil davom ettirib kelinmoqda. Kuni kecha Angren shahar elektr ta’minoti korxonasining ustachilik bо‘limlari xodimlari tomonidan shaharning eng chekka hududidagi "Jigariston"  MFYda joylashgan №54-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV havo tarmog‘i uchun temir-beton tayanchlarni  о‘rnatish ishlari bajarildi.

Bundan tashqari Angren SHETK xodimlari tomonidan olib borilgan keng kо‘lamli ekspluatatsiya ishlari natijasida mahalliy iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Albatta, "Jigariston"  MFY aholisi bu kabi say-harakatlardan mamnun bо‘lmoqda.                                          

"Toshkent HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 20.04.2022
  • 1475
Sayt xaritasi