“JUMA” PODSTANSIYASIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bilan birgalikda, ularda joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilda ham “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan manzilli dastur asosida respublikamiz hududlaridagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlar va podstansiyalarni joriy va mukammal ta’mirlash, yangilash ishlari olib borilishi belgilandi.
“Samarqand HETK” AJ tasarrufidagi Samarqand hamda Kattaqo‘rg‘on tuman yuqori kuchlanishli tarmoqlari xizmati tomonidan ham 35/110 kVli podstansiyalarda texnik hujjatlarni olib borilishi, ularda ASKUE tizimini joriy etilganligi va hisob-kitoblarni to‘g‘riligi, raqamlashtirish jarayonlari, podstansiya xizmatidagi xodimlarni ishlari tashkil qilinishi, mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini olib borilishi, hududda obodonlashtirish tadbirlari, elektr uskuna va binolarni estetik holatini o‘rganish hamda amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, mutaxassislar tomonidan 110/35/10 kVli “Juma” podstansiyasini na’munaviy holatga keltirish maqsadida podstansiyasidagi T-1 16000 kVA transformatorida va ORU 110-1kV, R-L-Loish, KRUN-10-1, qabul kilish portali hududida bo‘yash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, podstansiyaning SSH-35-1, TN-35-1, V-Guliston, V-transformatorini ham joriy ta’mirlash hamda metalokonstruksiyasini bo‘yash ishlari yakuniga yetkazildi.
Hozirda yuqori kuchlanishli tarmoqlar xizmati tomonidan “Juma” podstansiyasi hududida joylashgan 110 kVli L-Loish havo liniyasining 48-metall anker tayanchlarida bo‘yash ishlari davom ettirilmoqda.
Belgilangan ishlar to‘liq yakunlangach, “Juma” podstansiyasi namunali podstansiyalar qatoridan joy oladi.
“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.