“YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIGA YANGI TARMOQ QURILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raisligida 2021 yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bugungi kunda aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi har qachongidanda dolzarb mavzu ekanligi, hududlarda ko‘proq bog‘ va xiyobonlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Ushbu yangi massivlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan reja asosida ishlar yo’lga qoyilgan.
Yangiyer shahar elektr ta’minoti koxonasi xodimlari tomonidan Yangiyer shahridagi “Yangi O’zbekiston” massiviga 50 dona temir-beton tayanchlar olib borilib, o’rnatish ishlari bajarilmoqda.
"Yangi O‘zbekiston" massivida ish jarayonlari davom etmoqda.
"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.