Diqqat, e`lon!
SHAYXONTOXUR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILADI
Bugun, 15-aprel kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanining ayrim hududlarining elektr ta'minotida soat 10:00 dan 13:00 qadar vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Shayxontohur tumanidagi quvvati 35/10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli «Sevinch» podstansiyasida elektr jihozlarini modernizatsiya qilish loyihasining tarmoq-jadval rejasiga muvofiq o`ta yuklama bilan zo`riqib ishlab kelayotgan transformator o`rniga, 16 000 kVA quvvatga ega yangi transformatorga almashtirish ihlari olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu o`rnatilgan yuqori kuchlanishli transformatorni ishga tushirish hamda mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Natijada, 35/10 kVli «Sevinch» podstansiyasidan ta’minlanuvchi «Anhor-Lokomotiv» istirohat bogʻi, «Markaz-13», « Markaz-14», «Malika» savdo dokonlari, «Labzak» hamda «Shayхontohur» mahallalarining aholi yashash xonadonlarida vaqtincha elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.
Vujudga kelgan nosozlikning oldini olish, tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari faoliyat olib bormoqda.
Tez orada yuzaga kelgan avariyaning oldini olish, nosozlikni bartaraf etish choralari yakuniga yetkazilib, mazkur hududlarga elektr energiyasi yetkazib berilishi ta'minlanadi.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati.