"CHORVADOR" ВА "KO‘KDALA" NIMSTANSIYALARI KO‘KDALALIKLAR UCHUN XIZMAT QILA BOSHLADI
Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashriflari chog‘ida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan yangidan tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani aholisiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga doir qurilish ishlari boshlangan edi. Unga ko‘ra hududda 2 ta – "Ko‘kdala" va "Chorvador" nimstansiyalarini qurish va o‘zaro bog‘lash ko‘zlangan.
Kuni kecha "Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari" AJ quruvchi-muhandislari tomonidan 110-35-10 kVli “Chorvador” nimstansiyasida quvvati 16000 va 10000 kVa 110/35/10 transformator qurilmalari ishga tushirildi. Bundan tashqari nimstansiyaga qadar 12 km 110 kV li havo elektr tarmog‘i tortildi.
Ishga tushirilgan “Chorvador” nimstansiyasi atrofini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 500 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, obodonlashtirish tadbirida elektr tarmoqlari xodimlari bilan birga jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.
Shuningdek, Kо‘kdala tumanidagi 35-10 kVli "Ko‘kdala" nimstansiyasida keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borildi. Natijada yangi nimstansiyaga "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan yetkazib berilgan 25000 kVa quvvatli transformstor o‘rnatildi.
Nimstansiyalarning foydalanishga topshirilishi Ko‘kdala aholisini uzluksiz elektr bilan ta'minlash imkonini kengaytirib, tom ma’noda turmush farovonligini yanada oshiradi, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.
"Qashqadaryo HETК" AJ мatbuot xizmati.