ALOQA UCHUN

XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI YANADA OSHIRILMOQDA

XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI YANADA OSHIRILMOQDA

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Diyorimizda ayolga boʻlgan munosabat oʻz tarixiy ildizlariga ega, ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda boʻlishga intilishgan.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ  tomonidan jamiyatning majlislar zalida Urganch tumanlararo iqtisodiy  sudi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 07 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining mazmun va mohiyati hamda gender tenglik, ayolning jamiyat hamda oiladagi roli, uning siyosiy hayotdagi va qarorlar qabul qilish jarayondagi oʻrni haqida  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Nilufar Allaberganova soʻzga chiqib, ayollarni turmush darajasini oshirish borasida yangi qabul qilingan qaror va farmonlar bilan tanishtirar ekan, yurtimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda ularning bilimlarini kuchaytirish uchun yanada kengroq shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilayotganini taʼkidladi.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari”AJ tomonidan energetik ayollar safini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida jamiyatning umumiy masalalar boʻyicha direktori, jamiyat Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi S.Gʻayipova hisobot berdi.  

Savol-javob tarzida tashkil etilgan tadbir qizgʻin ruhda bo`lib oʻtdi. 

“Xorazm НЕТК” AJ matbuot xizmati.

  • 11.04.2022
  • 1128
Sayt xaritasi