ALOQA UCHUN

OBOD QISHLOQ DAVLAT DASTURI DAVOM ETMOQDA

OBOD QISHLOQ DAVLAT DASTURI DAVOM ETMOQDA

“Jizzax HETK” AJ tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarida modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, Sh.Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan «Kuyovboshi» MFY hududidagi qishloq aholisini elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida fider «Kuyovboshi»dan chiquvchi 10 kVli elektr uzatish havo tarmoqlaridan kuchlanish oluvchi 876-sonli transformator punktidan chiqqan 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlari tortish uchun temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Zomin tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan «Paxtakor» MFY hududida ham 26 dona temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatildi va 950 metr SIP kabel tortish ishlari amalga oshirildi.

Bu kabi ishlar viloyatning boshqa hududlarida ham izchillik bilan davom ettirilmoqda.

“Jizzax HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 11.04.2022
  • 1126
Sayt xaritasi