ALOQA UCHUN

YANА BIR АMАLIY ISHLАR OʼZ NIHOYASIGА YETMOQDА

YANА BIR АMАLIY ISHLАR OʼZ NIHOYASIGА YETMOQDА

“Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga qaratilgan amaliy ishlar oʼz oʼrniga ega.

Xususan, Navbahor tumanida ham qator dastur va qarorlarga asosan elektr taʼminotida keng koʼlamli ijobiy oʼzgarishlar olib borilmoqda. Tumanning “Chorvoqgoʼzar” va “Navkar” mahallalarida ishchi-xodimlar tomonidan qizgʼin qurilish ishlari olib borilmoqda.

“Chorvoqgoʼzar”da jami 53 ta temir-beton tayanch oʼrnatilib, 1,3 km SIP rusumli kabel tarmogʼi va 10 kvli АS kabellar tortish ishlari olib borildi. Hududga 2 ta yangi 250 kVali transformator punkti oʼrnatilishi bilan 200 ga yaqin xonadonlarning elektr taʼminoti yaxshilanadi.

“Navkar”da esa 47 ta temir-beton tayanlarga 2,5 km zamonaviy SIP kabellari tortilgan bo'lib, aholi xonadonlarini tarmoqqa ulash ishlari yakunlanmoqda.

"Navoiy НЕТК" АJ matbuot xizmati.

  • 07.04.2022
  • 825
Sayt xaritasi