KO‘PQAVATLI UYLARGA KABEL TARMOGʻI TORTILMOQDA
“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan hududlarda barpo etilayotgan ko‘pqavatli uylarga yangi elektr uzatish tarmoqlari tortish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Xususan, Urgut tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tumanning Mergancha massivida barpo etilgan ko‘pqavatli aholi turar joylarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kiosk tipidagi ikki dona yangi 250 kV transformator punktini o‘rnatishdi.
Hozirda mazkur transformator punktlarini tarmoqqa ulash uchun yer osti kabellarini yotqizish va montaj ishlari olib borilmoqda.
“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.