ALOQA UCHUN

ISH JARAYONLARI JADALLIK BILAN DAVOM ETTIRILMOQDA

ISH JARAYONLARI JADALLIK BILAN DAVOM ETTIRILMOQDA

Prezidentimizning tegishli qarorlari hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan ishlab chiqilgan manzilli Dastur asosida 2022 yilda «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini modernizatsiya-rekonstruktsiya qilish va yangilash maqsadida joylarda ishlar uyshqoqlik bilan olib borilmoqda.

Xovos tumanida “Og’ir hudud” deb topilgan “Mustaqillikning 25 yilligi” va “Nurli kelajak” mahallari kiritilgan. Bu erda hozirda 3 km dan ortiq masofaga zamonaviy SIP kabellari tortilib, qo’shimcha quvvatdagi 2 dona yangi transformator punktlar o’rnatildi. Hozirgi vaqtda ish jarayonlari davom etmoqda.

Tumandagi “Xusnobod” va “Qahramon” mahallalari ham “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilgan bo'lib, bu erda elektr taminotini yaxshilashga doir ish jarayonlari boshlangan.

“Sirdaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 06.04.2022
  • 815
Sayt xaritasi