ALOQA UCHUN

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ: MAVJUD 110/35/10 KV KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA TA’MIRLASH VA RAQAMLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILADI

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan joriy yilda tegishli manzilli dastur asosida respublika miqyosidagi 110/35/10 kV kuchlanishli podstansiyalarning umumiy holatini о‘rganish, hususan, ularning texnik hujjatlarini tartibga solish, podstansiyalarda ASKUE tizimi joriy etilganligi holatini о‘rganish, raqamlashtirish jarayonlari, nimstansiya xizmatidagi xodimlar ishini tashkil qilish, elektr uskuna va binolarini mukammal hamda joriy ta’mirlash, atrof-hududini obodonlashtirish hamda boshqa amaliy ishlarni hal etish bо‘yicha ishchi guruh tashkil qilindi.

Mazkur ishchi guruh tomonidan mart oyining oxiri – aprel oyi boshlarida Vodiy viloyatlaridagi ana shunday nimstansiyalar holati о‘rganilib, joylarda tizim mutaxassislari, Nimstansiyalar, Releli va himoya avtomatika, Yuqori kuchlanishli tarmoqlar, Operativ-dispecherlik, Mustahkamlik va xafvsizlik xizmati, Elektr energiyasini nazorat qilish, ASKUE bо‘limi va shahar, tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandislari ishtirokida seminarlar tashkil etildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i A. Nimatullayev boshchiligidagi ishchi guruh dastlab Yangi Namangan tumanidagi "Shimoliy" podstansiyasida bо‘lib, bu yerda tashkil etilgan ish jarayonlarini kо‘zdan kechirdilar. О‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarish bо‘yicha zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Keyingi manzil sifatida Farg‘ona viloyati tanlab olindi.

"Farg‘ona HETK" AJ tarkibidagi mas’ul bо‘lim, xizmatlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun tashkil etilgan о‘quv-seminarda amalga oshirilishi zarur bо‘lgan muhim vazifalarga alohida tо‘xtalib о‘tgan ishchi guruh a’zolari viloyatdagi mavjud 110/35 kVli podstansiyalarni tо‘liq kо‘rikdan о‘tkazish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish kerakligiga yig‘ilganlar e’tiborini qaratdilar.

Ta’kidlanganidek, podstansiyalardagi elektr qurilmalar joriy va mukammal ta’mirlanishi, estetik holati yaxshilanishi hamda bu yerdagi barcha ish jarayonlari raqamlashtirilishi orqali ish samaradorligi yanada ortib, iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda ijobiy natijalarga erishiladi.

Shu о‘rinda Farg‘ona shahri va tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/6 kVli "Quvasoy" podstansiyasida bu boradagi dastlabki ishlar boshlanganini qayd etib о‘tish joizdir.

Xuddi shu kabi о‘quv-seminar "Andijon HETK" AJ tomonidan ham tashkil etildi.  

Ishchi guruh tomonidan Andijon tumanida joylashgan 110/35/10 kVli “Oxunboboyev” podstansiyasi namunaviy holatga keltirish uchun tanlab olinib, bu yerda texnik hujjatlarning olib borilishi va ularda ASKUE tizimining joriy etilganligi, tarmoq jadvallarini tuzish, hisob-kitoblarning tо‘g‘riligi, podstansiyani raqamlashtirish jarayonlari, xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasiga amal qilgan holda ishlar tashkil qilinishi va boshqa qator muhim yо‘nalishlardagi vazifalar bо‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bо‘lim va xizmat boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Ushbu podstansiyada ta’mirlash ishlari tо‘liq yakunlangandan sо‘ng viloyat miqyosida texnik xodimlar ishtirokida kо‘rgazmali seminar о‘tkazilishi ham belgilab olindi.

Ta’kidlash lozimki, Ishchi guruhi tomonidan bu kabi о‘rganishlar respublikamizdagi barcha podstansiyalarda olib boriladi.

Viloyat Matbuot xizmatlari materiallari asosida tayyorlandi.

  • 05.04.2022
  • 1535
Sayt xaritasi