ALOQA UCHUN

«OQ MASJID» MAHALLASIDAGI XONADONLAR YANGI ELEKTR TARMOGʻIGA ULANMOQDA

«OQ MASJID» MAHALLASIDAGI XONADONLAR YANGI ELEKTR TARMOGʻIGA ULANMOQDA

«Toshkent shahar ETK» AJ hamda uning tasarrufidagi   barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan  aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 martdagi «2022-2026 йилларда «Obod qishloq» vа «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda elektr tarmoqlarini taʼmirlash ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan, Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonaci ishchi-xodimlari tomonidan joylarda transformator punktlari toʻliq mukammal ta’mirdan chiqarilib, 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlaridagi eski alyumin simlari olib tashlanib, oʻrniga yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlarlari tortilmoqda.

Xususan, tumanning «Oq masjid» mahallasi hududidagi TP-3080-sonli transformator punktidan ta’minlanuvchi quvvati HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmogʻidagi eski simlar yangi SIP kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

Tez kunlarda qurilish ishlarining yakunlanishi natijasida, ushbu MFY aholisi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish bilan birgalikda, texnologik yoʻqotishlarning oldini olish ta’minlanadi.

«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.

  • 04.04.2022
  • 832
Sayt xaritasi