Tadbir soʼngida ishtirokchilar Аndijon shahrining diqqatga sazovor joylarini borib koʼrdilar.
“Аndijon HETK” АJ matbuot xizmati.
VODIY VILOYATLARI ENERGETIKA SOHASI MUTAXASSISLARINING HUDUDLARI BOSHQA BOʼLSADA, MAQSADLARI MUSHTARAK
«Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» АJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan “Аndijon HETK” АJda "Har bir oqib oʼtayotgan elektr energiyasining hisobi bor" mavzusida seminar hamda press-tur boʼlib oʼtdi.
Tadbirda mahalliy OАV vakillari, ijtimoiy tarmoqlar faollari, blogerlar, veb-sayt adminlari hamda bosma nashrlar jurnalistlari bilan birga “Namangan HETK” АJ va “Fargʼona HETK” АJlarda faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari Roʼziqul Rayimov tadbirni kirish soʼzi bilan ochar ekan, bugungi tadbirdan koʼzlangan asosiy maqsad vodiy energetiklari tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishda oʼzaro tajriba almashish ekanligiga yigʼilganlar eʼtiborini qaratdi. Darhaqiqat, keyingi yillarda vodiy viloyatlarida past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya-rekonstruktsiya qilish, Davlat dasturlari ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash va boshqa yoʼnalishlarda energetiklarimiz tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirofga loyiqdir.
“Аndijon HETK” АJ Call-markazi, “Tezkor dispetcherlik markazi” xonasi hamda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEXONQА) maʼlumotlar almashinuv markazida olib borilayotgan ishlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʼotdi.
Shundan soʼng, sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tadbir qatnashchilari Аndijon shahridagi “Islomobod” MFY hududiga tashrif buyurib, bu yerda isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish borasida bajarilgan keng qamrovli ishlarni koʼzdan kechirdilar.
Maʼlumot oʼrnida, Аndijon shahridagi “Islomobod” MFY hududida 1 308 ta aholi xonadonlari hamda 30 dan ortiq ulgurji isteʼmolchilar mavjud boʼlib, ularni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning oʼtgan davri davomida 206 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatilib, 13,5 km uzunlikda 0,4 kV SIP kabelь tarmogʼi tortilgani, bundan tashqari 9 ta transformator punkti mukammal taʼmirlanganini qayd etib oʼtish joizdir.
Аndijon shahri elektr taʼminoti korxonasi boshligʼi hududda elektr tarmoqlari hamda transformator punktlarida modernizatsiya ishlari olib borilishi, eng muhimi АSKUE tizimi joriy etilishi natijasida bu yerda texnologik yoʼqotishlar kamayib, foydalanilgan elektr energiyasi uchun pul tushumlarining ortganligi haqida yigʼilganlarga atroflicha maʼlumot berib oʼtdi.
Taʼkidlanganidek, kelgusida bunday tadbirlar tizimli davom ettirilishi soha ishchi-xodimlari uchun oʼzaro tajriba va malaka almashinuvida muhim omil boʼladi. Zero, koʼrib turganimizdek, vodiy viloyatlari energetika sohasi mutaxassislarining hududlari boshqa boʼlsada, maqsadlari mushtarakdir.
Jonli muloqot tarzida oʼtgan tadbirda OАV vakillari oʼzlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.
Tadbir soʼngida ishtirokchilar Аndijon shahrining diqqatga sazovor joylarini borib koʼrdilar.
“Аndijon HETK” АJ matbuot xizmati.