ALOQA UCHUN

XIZMATDA FOYDALANISH UCHUN 3 ta MAXSUS YUK TASHISH MASHINASI TOPSHIRILDI

XIZMATDA FOYDALANISH UCHUN 3 ta MAXSUS  YUK TASHISH MASHINASI TOPSHIRILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan har bir tarkibiy bо‘lim, xizmat, tuman hamda shahar elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning ish samaradorligini oshirish, ular uchun qulay shart-sharoit yaratishga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

"Surxondaryo HETK"  AJ ishchi xodimlari ishini yanada jadallashtirish maqsadida, 2021 yilda 9 ta yangi  maxsus texnika va laboratoriya avtomashinasi olingan edi.

Bugunga kelib, "Surxondaryo HETK" AJ  tomonidan Jarqо‘rg‘on, Muzrabod hamda Denov tuman elektr ta’minoti korxonalariga  xizmatda foydalanish uchun “Gazel” rusumli  maxsus yengil yuk mashinasi topshirildi.

Endilikda joylarda yuzaga kelgan elektr ta’minotidagi avariyali holatlarda tezkorlik bilan xizmat kо‘rsatish, qolaversa hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash borasidagi qator vazifalarni bajarish imkoniyati yanada kengayadi.

“Surxondaryo HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 01.04.2022
  • 1071
Sayt xaritasi