АMАLGА OSHIRILGАN ISHLАR АHOLINING EHTIYOJINI QONDIRISH UCHUN XIZMАT QILАDI
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar mazmun-mohiyati inson manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan qimmatlidir. Bu islohotlarni amalga oshirishda “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJning ham oʼz oʼrni bor, albatta.
Xususan, elektr energiyaga boʼlgan ehtiyojni qondirish maqsadida viloyatning Qiziltepa tumanidagi Saroy mahallasi “Аndoq” qishlogʼi hamda Bobodoʼgʼi mahallasining “Doʼrmontepa” qishlogʼida ishchi-xodimlarimiz tomonidan qurilish ishlari olib borildi.
Jumladan, hududlarga 146 ta temir-beton tayanch oʼrnatildi. 3,64 km SIP rusumli kabel tarmogʼi va 10 kv li АS kabellar tortilib, 1 dona 100 kVa li transformator yangidan oʼrnatildi. Natijada esa ushbu hududlarda yashovchi 150 ga yaqin xonadonlarning elektr taʼminoti yaxshilandi.
Hududlarda qurilish ishlari davom etmoqda.
"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati