ALOQA UCHUN

O’ZBEGIM MAHALLASINING ELEKTR TA’MINOTI SIFATI YAXSHILANMOQDA

O’ZBEGIM MAHALLASINING ELEKTR TA’MINOTI SIFATI YAXSHILANMOQDA

Аndijon shahar “Oʼzbegim” MFY, Sultonjoʼra ko’chasida manzilli dasturlar asosida tizimli ishlar davom etmoqda.

Ushbu hududda joylashgan TP 73/400 kVА hamda TP 829/250 kVА transformator puntlaridan chiquvchi 0,4 kV havo tarmogʼida rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek ushbu mahallaga jami 42 dona temir beton tayanchlar o’rnatilib,  SIP 3x50 rusumli 1 600 metr uzunlikdagi yopiq kabel tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda

"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.

  • 30.03.2022
  • 891
Sayt xaritasi