ALOQA UCHUN

MАXSUS-TАKTIK OʼQUV MАSHQI OʼTKАZILDI

MАXSUS-TАKTIK OʼQUV MАSHQI OʼTKАZILDI

Navoiy shahar elektr taʼminoti korxonasiga qarashli 110/6/6 kV li 5-nimstantsiyada “Zilzila oqibatida elektr energiyasida qisqa tutashuv natijasida sodir boʼlgan yongʼin va avariyalar oqibatlarini barataraf etish boʼyicha obʼekt raxbariyati va FM tuzilmalarining fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʼquv mashqi oʼtkazildi.

Oʼquv mashgʼulot 3 bochqichdan oʼtkazilib, 46 nafar xodim, 6 ta texnika ishtirok etishdi. Mashgʼulot oldidan barcha qatnashchilar ishtirokida saf koʼrigi oʼtkazildi. Favqulodda vaziyatlarda roʼy berganda zarur vositalar bilan toʼliq taʼminlanganligi, ularning yaroqligi va foydalanishga shayligi nazoratdan oʼtkazildi. Tadbir davomida zilzila oqibatida maʼmuriy binoda vayronalar ostida qolgan elektromotyorga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va transformatorda sodir boʼlgan yongʼinni oʼchirish va jarohatlangan ishchiga birinchi yordam koʼrsatish bosqichlari boʼlib oʼtdi.

Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, milliy gvardiya qoʼriqlash otryadi, shahar tibbiyot birlashmasi, shahar telekommuniktsiya bogʼlanmasi xodimlari va yongʼin qutqaruvchilari ishtirok etishdi.

"Navoiy HETK" АJ matbuot xizmati.

  • 30.03.2022
  • 909
Sayt xaritasi