ALOQA UCHUN

«OQ MASJID» MFYDA ELEKTR TA`MINOTI YAXSHILANMOQDA

«OQ MASJID» MFYDA ELEKTR TA`MINOTI YAXSHILANMOQDA

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tasarrufidagi   barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan  aholiga uzluksiz va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 2022-yil 18 martdagi PQ-172-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda elektr tarmoqlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, Uchtepa tuman elektr ta’minoti korxonaci ishchi-xodimlari tomonidan joylarda transformator punktlari toʻliq mukammal ta’mirdan chiqarilib, 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlaridagi eski alyumin simlari olib tashlanib, oʻrniga yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlarlari tortilmoqda.

Тumanning «Oq masjid» mahallasi hududidagi TP-2029-sonli transformator punktidan ta’minlanuvchi quvvati HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmogʻidagi eski simlar yangi SIP kabel tarmoqlariga almashtirilmoqda.

Tez kunlarda qurilish ishlarining yakunlanishi natijasida, ushbu MFY aholisi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish bilan birgalikda, texnologik yoʻqotishlarning oldini olish ta’minlanadi.

Poytaxtimizning barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy ishlarning barchasi aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan.

«Toshkent shahar ЕТК» AJ мatbuot xizmati

  • 29.03.2022
  • 920
Sayt xaritasi