ALOQA UCHUN

FARGONADA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

FARGONADA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILMOQDA

“Farg‘ona HETK” AJ barcha tuman, shahar ETKlari ishchi-xodimlari tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qirguli shaharning “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 113-sonli transformator punktini hamda elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarini mukammal ta’mirlash, elektr qurilmalarning estetik holatini yaxshilash, bo’yoqlash, elektr qurilmalar sozligig tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Qo'qon shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda. Xususan, “To’g’onboshi” mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan 201 hamda 514–sonli transformator punktlari orasidagi 6 kVli kabel tarmog’ida yuza kelgan nosozlik bataraf etish ishlari bajarildi.

Shu bilan birga, “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida loyiha asosida 0,4 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlari uchun yangi temir-beton o'rnatish, kabel tortish ishlari bajarilmoqda. 

Huddi shu kabi ishlar Buvayda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Buvayda” mahalla fuqarolar yig’ini hududida ham olib borildi.

Quva tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan “Rasta” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmoqlari va elektr qurilmalarini joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.Xususan, mutaxassislar tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shohlaridan tozalash, salqi simlar tarangligini tortish, tayanchlarni tik va soz holatga keltirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari bajarildi.


Rishton tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning “T.Axmedov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Ta'kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi sa'y-harakatlar barcha turdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgandir.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 28.03.2022
  • 811
Sayt xaritasi