ALOQA UCHUN

OSIYO TARAQQIYOT BANKI PREZIDENTI SAMARQANDDA JORIY ETILGAN ASKUE TIZIMI BILAN YAQINDAN TANISHDI

OSIYO TARAQQIYOT BANKI PREZIDENTI SAMARQANDDA JORIY ETILGAN ASKUE TIZIMI BILAN YAQINDAN TANISHDI

Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masasugu Asakava boshchiligidagi delegasiya Samarqandga tashrifi davomida “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish bo‘limida bo‘lib, u yerda yaratilgan zamonaviy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv chog‘ida mehmonlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari  Jahongir Obidjonov elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish borasida viloyatda olib borilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida delegasiya a’zolari Samarqand shahridagi Kattaqo‘rg‘on mahallasida bo‘lishib, u yerdagi xonadonlarda o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarning ishlash jarayoni bilan tanishib chiqdi.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 26.03.2022
  • 1008
Sayt xaritasi