ALOQA UCHUN

“BUXORO HETK” AJ TOMONIDAN BILIMLAR BELLASHUVI О‘TKAZILDI

“BUXORO HETK” AJ TOMONIDAN BILIMLAR BELLASHUVI О‘TKAZILDI

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash va tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yosh iste’dodlarning kuchli salohiyatini tо‘la-tо‘kis amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxonalari tomonidan ham ayni yо‘nalishda samarali ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Buxoro HETK” AJ tomonidan Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida jamiyat tarkibidagi bo’lim va xizmatgohlar, hamda elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarni rag’batlantirish, ularni kasbiy mahoratini oshirish, bilimlarini sinovdan o’tkazish, sohadagi talabchan, intiluvchan, shijoatli yosh mutaxassis kadrlar zahirasini yaratish maqsadida bilimlar bellashuvi tadbiriga start berilgan edi.

Uch bosqichda o’tkazilgan bellashuvda 20 ta guruh ichidan kuchlilari saralandi. Yakunda o’zining bilim va salohiyatini namoyon qilgan Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi yoshlari iroda ko’rsatib, birinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Bellashuv reglamentiga ko’ra eng yaxshi bilimdon nominatsiyasida ham g’olib aniqlanib, esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. 

Tadbir sо‘ngida soha xodimlari kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida bu kabi bellashuvlarni tez-tez o’tkazish boyicha jamiyat rahbariyati tomonidan chora-tadbirlar belgilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 25.03.2022
  • 765
Sayt xaritasi