ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun elektr qurilmalari  sifatli va uzoq yillar ishlashini ta’minlash zarur.

Shu maqsadda “Samarqand HETK” AJ tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarda elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari mukammal ta’mirlanib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmoqda.


Jumladan, Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on mahallasi, Sh.Samаdov ko‘chasidagi mavjud havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, mazkur elektr uzatish tarmog‘ining 1,1 km.ga zamonaviy SIP kabellari tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 25.03.2022
  • 824
Sayt xaritasi