ALOQA UCHUN

ANDIJON SHAHRIDAGI YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG‘IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK TО‘LIQ BARTARAF ETILDI

ANDIJON SHAHRIDAGI YUQORI KUCHLANISHLI ELEKTR UZATISH TARMOG‘IDA YUZAGA KELGAN NOSOZLIK TО‘LIQ BARTARAF ETILDI

Kecha, 23 mart kuni soat 19:39 vaqti bilan Andijon shahrini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli 110 kV “L-Yayilma-2” elektr uzatish havo tarmog‘iga yashin tushishi natijasida shaharning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.

“Andijon HETK” AJ tomonidan avariyaviy holatni zudlik bilan bartaraf etish uchun tezkor ishchi-brigadalar voqea joyiga safarbar etildi.

Aniqlanishicha, yashin oqibatida Oltinkо‘l tumanining “Oyshaxonim” MFY hududidan kesib о‘tuvchi 5-6 tayanchlari oralig‘idagi sim uzilgan bо‘lib, “L-Yayilma-2” havo tarmog‘i orqali kuchlanish oluvchi “№3”, “Yayilma”, “Kimyoviy”, “Mashinasoz”, “№4” podstansiyalaridan ta’minlanuvchi iste’molchilar ta’minotida kuchlanish yо‘qolgan.

Soat 20:15 vaqti bilan “№4” hamda “Yayilma”,  soat 22:00 vaqti bilan “№3” hamda “Mashinasoz” podstansiyalariga zaxira tarmoqlar orqali kuchlanish berildi.

“L-Yayilma-2“ havo tarmog‘ida tabiat injiqligi tufayli yuzaga kelgan nosozliklar 24 mart soat 03:08da avariya brigadalari tomonidan tо‘liq bartaraf etildi. Ushbu vaqt bilan “Kimyoviy” podstansiyasiga ham kuchlanish berildi.

Hozirda shahar aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlariga elektr energiyasi yetkazib berishda muammolar yо‘q.

“Andijon HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 24.03.2022
  • 1125
Sayt xaritasi