JIZZAX SHAHRIDA TA’MIRLASH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA
Jizzax shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan vujudga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish, ob-havo noqulayliklariga qaramay rejadagi modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish orqali iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yо‘lidagi say-harakatlar izchil olib borilmoqda.
Hususan, «H.Olimjon» MFY hududidagi Samarqand ko‘chasida joylashgan 10 kVli «Ulug‘bek» fideridan oziqlanuvchi 400 kVAli 395-sonli transformatorni joriy ta’mirlash orqali 260 ta xonadonning elektr ta’minotidagi uzilishlari bartaraf etildi.
Bundan tashqari «Jizzaxlik» MFY hududidagi 359-sonli transformator punktiga kiruvchi hamda chiquvchi 10 va 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog‘larini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borildi.
Avtomatika va rele himoyasi xizmati, izolyatsiya xizmati, Jizzax podstansiya xizmati, Jizzax shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan esa «Jizzaxlik» MFY hududidagi 400 kVAli 3-sonli transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
«Jizzax HETK» AJ matbuot xizmati.