ALOQA UCHUN

TINIMSIZ YOMG’IR, TINIMSIZ MEHNAT

TINIMSIZ YOMG’IR, TINIMSIZ MEHNAT

Respublikamizda bir necha kundan buyon kuzatilayotgan tabiat injiqliklari tinimsiz yomgʼirlar, ba'zida kuchli shamol va yashin bilan kechayotgani tufayli joylarda elektr taʼminoti bilan bogʼliq favqulotda holatlarni yuzaga kelishiga sabab boʼlmoqda.

Shunga qaramasdan, “Аndijon HETK” АJ tarkibidagi elektr taʼminoti korxonalari xodimlari tomonidan joylarda yuzaga kelayotgan favqulotda holatlarni oldini olish hamda belgilangan manzilli dasturlar asosida qurilish, taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Qoʼrgʼontepa tuman elektr ta'minoti korxonasi Qorasuv bo'limi xodimlari tomonidan “Paxtachi” MFY Doʼstlik koʼchasiga jami 41 dona temir – beton tayanchlar oʼrnatildi. 
Shuningdek, tumanning ogʼir hududi hisoblangan “Navnihol” mahallasiga 600 metr uzunlikdagi 0,4 kVli havo tarmoqlari tortilmoqda.

"Andijon HETK" AJ Matbuot xizmati.

  • 17.03.2022
  • 738
Sayt xaritasi