AVARIYALI UZILISHLAR BАRTАRАF ETILMOQDA
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan respublikamizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti, tinimsiz yog‘ayotgan yog‘ingarchiliklarga qaramay joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.
Maʼlumot oʼrnida, Jamiyatning barcha tuman elektr taʼminoti korxonalarida maxsus tezkor brigadalar tashkil etilgan boʼlib, ularning asosiy faoliyati yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni qisqa fursatda xavfsiz ish tashkil etgan holda bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin boʼlgan avariyali uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.
Kelib tushgan murojaatlarning har biri to’liq nazoratga olinib, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.
Ayni vaqtda, tumanning Chilonzor 26-mavze Shirin mahallasi hududidagi TP-1887-sonli transformator podstansiyasidan ta`minlanuvchi yer ostidan o`tgan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarining shikastlangan qismida yuzaga kelgan nosozlikni bataraf etish ishlari bajarilmoqda.
Taʼmirlash ishlarining oʻz vaqtida bajarilishi aholiga barqaror elektr energiyasini yetkazib berishga, shu bilan bir qatorda elektr qurilmalarining mustahkamligini oshishiga xizmat qiladi.
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati.