NOSOZLIKLAR BARTARAF ETILMOQDA
Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida elektr qurilmalarida yuzaga kelayotgan nosozliklar “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarining avariyaga qarshi tezkor brigadalari tomonidan bartaraf etib kelinmoqda.
Xususan, Samarqand shahar elektr ta’minoti korxonasining avariyaga qarshi maxsus brigadalari Tojmahal mahallasi, Abu Bakir Roziy ko‘chasidagi ko‘pqavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 2096-transformator punktining kabel tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlarini olib borishmoqda.
“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.