ALOQA UCHUN

AVARIYAVIY TIKLASH ISHLARI О‘TKAZILDI

AVARIYAVIY TIKLASH ISHLARI О‘TKAZILDI

Toshkent viloyatining Bekobod shahri о‘zining о‘zgaruvchan iqlimiga ega ekanligi hech kimga sir emas.  Xalq orasida "Bekobod shamoli" degan  iboraning ishlatilib turilishi  quloqqa kо‘p chalinadi, boisi bu hudud ikki tomondan baland adirlik orasida joylashgan "koridor"  xudud hisoblanadi. Bunday jо‘g‘rofik joylashuv, о‘z navbatida, Bekobod shahar elektr ta’minoti korxonasi ishchilarini ham hushyorlikka chorlaydi.

О‘tgan hafta davomidagi kuchli yog‘ingarchiliklar, ob-havo injiqliklari elektr uskunalariga ham о‘z ta’sirini о‘tkazmay qolmadi. Bekobod SHETK ishchilari tomonidan  avariyaviy tiklash ishlari olib borilib,  35/6 kVli "Tо‘g‘on" podstansiyasini kо‘rikdan о‘tkazish, moy almashtirish,  35/6 kVli "BKZ" nimstansiyasi hududini tozalash,  transformator punktlarida ta’mirlash ishlarni davom ettirish shular jumlasidandir.     

                                                                         "Toshkent HETK"  AJ matbuot xizmati.

  • 16.03.2022
  • 841
Sayt xaritasi