“BIRLIK” MAHALLASIGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA
Avval xabar qilganimizdek, Marhamat tumanida 8 ta og‘ir va olis hududlar tanlab olingan bo’lib, hozirda ushbu manzillarda istiqomat qiluvchi aholi honadonlarining elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida Marhamat tuman elektr ta’minoti korxonasi hodimlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yig’inida 2 km uzunlikdagi 10 kVli havo tarmog’i hamda 2,5 km uzunlikdagi 0,4 kVli havo tarmog’i tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, og’ir hududlarning barchasida mavjud transformator punktlarini to’la ta’mirlash jarayonlari ketmoqda.
"Andijon HETK" AJ мatbuot xizmati.