“OLCHIN” MAHALLASIDA ELEKTR TАRMOQLARI YANGILАNMOQDА
Joylarda amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya ishlari orqali iste’mochilar sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanib, aholining turmush sharoiti yaxshilanmoqda.
Bag’dod tumani “Olchin” mahalla fuqarolar yig’ini hududiga belgilangan dastur asosida elektr tarmoqlarini yangilash, mavjud oʼta zoʼriqish bilan ishlab kelayotgan transformator punktiga qoʼshimcha quvvati 160 kVA bo’lgan yangi transformator punkti oʼrnatish ishlari bajarilmoqda.
Shu kungacha hududga mutaxassislar tomonidan 50 dan ortiq temir-beton tayanchlari oʼrnatilib, 1,2 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshirildi.
Bu ishlar natijasida hududdagi 120 ga yaqin xonadonning elektr taʼminoti yaxshilanmoqda. Ayni vaqtda hududda yakuniy montaj ishlari olib borilmoqda.
«Fargʼona HETK» AJ matbuot xizmati.