ALOQA UCHUN

SA’Y-HARAKATLAR ZAMIRIDA AHOLI FARAVONLIGINI OSHIRISH

SA’Y-HARAKATLAR ZAMIRIDA AHOLI FARAVONLIGINI OSHIRISH

Iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida bо‘lgani kabi Navoiy viloyatida ham soha vakillari kecha-yu kunduz tizimli ishlar olib bormoqdalar.

Ayni vaqtda ”Navoiy HETK” AJ ishchi-xodimlari tomonidan Navoiy shahrining “Zarafshon” mahallasida qizg‘in qurilish-montaj ishlari bajarilayotir. Jumladan, mahalla hududiga 70 dona temir-beton tayanch о‘rnatilib, 3 km 0,4-10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar yakuni bilan ushbu hududda yashovchi 2 mingga yaqin iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanadi.

Xonadonlardagi yorug‘lik hamda iqtisodiy barqarorlik ertangi kunimizning hal qiluvchi muhim omili bо‘lib, bu boradagi say-harakatlar zamirida aholi faravonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadi mujassamdir.

"Navoiy HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 14.03.2022
  • 816
Sayt xaritasi